Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahridagi ilk inshootlar qurilishini boshlab berdi. Bu yerda, xususan, “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Adabiyot muzeyi quriladi. Davlat rahbari o‘z nutqida: “Bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi”, — dedi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kechki vaqtda ham ishlashini ta’minlash uchun budjetdan qo‘shimcha 1,2 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilmoqda. Оktabrda muassasa tunu kun ishlash rejimini to‘xtatgan va bu tunda ishlash uchun qo‘shimcha shtat ajratilmagani hamda kuz-qish mavsumida elektrni tejash bilan izohlangandi.
20-oktabrdan Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona tunu kun ishlash rejimini to‘xtatdi. Ma’muriyatning “Gazeta.uz”ga bildirishicha, qaror kuz-qish mavsumida elektrni tejash, tunda ishlash uchun qo‘shimcha shtatlar ajratilmagani, shuningdek, foydalanuvchilarni nazorat qilish imkoni cheklangani uchun qabul qilingan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 24/7 rejimda ishlashga o‘tishi kitobxonlarga kutilganidek yengillik bermaydi, chunki «mantiqsiz tartiblar» ko‘p, deb yozmoqda Sharofiddin Hoshimjonov. Uning fikricha, kutubxona rahbariyati taqiqlar masalani hech qachon hal etolmasligi, oqilona yechimlar zarurligini tushunib yetishi kerak.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting